Qonunga köra, Rossiya Jinoyat-protsessual kodeksiga özgartiş kiritiladi. Endi ekstraditsiya sörovi çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxsga nisbatan kelib tuşgan taqdirda, agar u Rossiya Qurolli kuçlari yoki boşqa harbiy tuzilmalarida kontrakt asosida xizmat qilgan bölsa va RF QK tarkibida jang harakatlarida qatnaşgan bölsa, uni çet davlatga beriş rad etilişi mumkin.

Davlat dumasi saytida e’lon qilingan ma’lumotda aytilişiça, ekstraditsiyani rad etiş uçun asoslar röyxati kengaytirilmoqda — kontrakt asosida xizmat qilayotgan yoki qilgan çet elliklar ham uşbu röyxatga kiritilgan.

Qonun loyihasi 2025 yil 20 noyabrda Davlat dumasiga kiritilgan va 21 yanvarda birinçi öqişda qabul qilingan edi. Endi qabul qilinganidan söng hujjat Federatsiya kengaşiga yuboriladi, şundan keyin Rossiya prezidenti imzosi uçun taqdim etiladi.

Faridaily media loyihasi qayd etişiça, Rossiya hokimiyatining mazkur qadami «Rossiya tomonida Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşişi mumkin bölgan çet elliklar sonini oşirişga qaratilgan». Ayni paytda Rossiya armiyasidagi çet ellik yollanma jangçilarning aniq soni ma’lum emas.