Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Tojikiston suv omborlaridan barqaror suv oqimini ta'minlash mexanizmi ishlab chiqiladi
15 fevral kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umrzoqov va Tojikiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari D. Saidov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriligi matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuv davomida tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, suv resurslari va bank-moliya sohalaridagi o‘zaro aloqalarning bir qator dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashdi.

Tomonlar, mavjud texnik to‘siqlarni izchil ravishda olib tashlash va ikki mamlakat bozorlariga o‘zbek va tojik mahsulotlarining erkin kirib borishini ta'minlash orqali o‘zaro savdo hajmini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha birgalikda ishlarni kelishib olgan. Bu o‘z navbatida o‘zaro tovar aylanmasi hajmini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasini bajarish imkonini berishi ma'lum qilingan.
Xalqaro moliya institutlari va donorlarning moliyaviy-texnik yordamini jalb etish orqali qator gidrotexnik inshoot hamda obektlarni modernizatsiya qilish va Tojikiston hududidagi suv omborlaridan O‘zbekistonga barqaror hamda o‘z vaqtida suv yetib kelishini ta'minlash mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tomonlar investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va suv-energetika hamkorligi sohalarida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish uchun alohida «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqishga kelishib olgan.
Ma'lumot uchun, 2020 yil davomida Tojikiston O‘zbekiston bilan eng kam tashqi savdo aylanmasini qayd qilgan. Markaziy Osiyo davlat bo‘lgan. Ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo hajmi 501,9 million dollarga teng bo‘lgan. Shundan eksport hajmi – 404,6 million dollarni, import hajmi esa 97,3 million dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024