Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayollarda saraton kasalligini erta aniqlash loyihasi amalga oshiriladi
19 fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida onalik va bolalikni muhofaza qilishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda onalar o‘limini kamaytirish, reproduktiv salomatlik va ayollar huquqlari, sog‘lom oilani shakllantirish, o‘smirlar salomatligi, reproduktiv tizim saratoni kabi mavzular muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Konferensiyada 2021-2025 yillarda jamg‘arma va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ayollar va bolalar salomatligini asrash yuzasidan amalga oshiriladigan 5 yillik milliy dastur ko‘rib chiqildi.
Dasturga kiritilgan eng muhim masalalardan biri – ayollarda bachadon bo‘yni saratoni kasalligining oldini olish hisoblanadi. Bu kasallik o‘lim bilan tugaydigan kasalliklar ichida 2-o‘rinda turadi. O‘zbekistonda har yili 850 nafarga yaqin ayollar shu kasallikdan vafot etadi.
“Agar vaqtida aniqlansa, bu kasallikni yengish mumkin. Shunga erishish uchun xalqaro standartlarga javob beradigan PZR usulida test qilib ushbu kasallikni aniqlashni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Hozirda buni Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirish arafasida turibmiz. 56 mingta PZR test va 10 ta PZR uskunasi sotib olingan. Ikkita uskuna va 6 mingta test Toshkent viloyatiga, 8ta uskuna va 50 mingta test Qoraqalpog‘istonga jo‘natiladi. Loyihani shu yil amalga oshiramiz. Kasallik qancha erta aniqlansa, shuncha tez chora ko‘rilib, bartaraf etiladi. Respublika bo‘yicha milliy dastur ishga tushirilsa, bachadon bo‘yni saratoni kabi kasalliklarga butunlay barham berish mumkin bo‘ladi”,-dedi BMT Aholishunoslik jamg‘armasi doimiy vakili o‘rinbosari Kamolxon Inomxo‘jayev.
Uning ma'lum qilishicha, bunday testlar kasallikka chalinish xavfi yuqori bo‘lgan 35-55 yoshli ayollardan olinadi.
Ma'lumot uchun, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi 1993 yildan beri O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelmoqda.
Mazkur jamg‘arma joriy yilning yanvar oyida Sog‘liqni saqlash vazirligiga uskunalar va sinov tizimlari taqdim etgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Kim g‘olib: Isroil yoki Hamas?
Jahon | 19:31 / 17.01.2025
Koreyslar Kurskda shiddat bilan urushmoqda. Nega?
Jahon | 23:55 / 16.01.2025
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
O‘zbekiston | 14:22 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Peres «Real» prezidentligiga qayta saylandi. U 5-bor saylovlarsiz g‘alaba qozondi
Sport | 01:45
-
Xitoy dunyodagi eng katta avtomobil tashuvchi kemasini suvga tushirdi
Jahon | 00:36
-
TikTok AQShdagi faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi
Fan-texnika | 00:12
-
AQSh Yevropaga modifikatsiya qilingan yadroviy aviabombalarini joylashtirdi
Jahon | 23:30 / 19.01.2025
Mavzuga oid
16:38 / 18.01.2025
“Toshkent viloyati va shahridagi 46 ta issiqxona faoliyati to‘xtatildi” – Ekologiya vazirligi
14:58 / 18.01.2025
Kuniga atigi bir stakan sut ichish saraton xavfini pasaytiradi
17:53 / 16.01.2025
Yangiyo‘lda fuqarolarga tajriba tarzida ijtimoiy karta berila boshlandi
11:24 / 13.01.2025