Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘lda fuqarolarga tajriba tarzida ijtimoiy karta berila boshlandi
Respublikaning qolgan barcha hududlarida ham shu yilning 1 iyulidan boshlab mazkur loyiha tatbiq qilinadi. Ijtimoiy karta bir vaqtning o‘zida ham to‘lov vositasi, ham ehtiyojmand toifaga mansublik tasdig‘i hisoblanadi.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolar uchun ijtimoiy karta berish boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy karta bir vaqtning o‘zida ham to‘lov vositasi, ham ehtiyojmand toifaga mansublik tasdig‘i hisoblanadi. Natijada 72 turdagi ijtimoiy xizmatlar, 76 turdagi yordam va 200 ga yaqin imtiyoz yagona elektron tizimga umumlashtiriladi.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda Yangiyo‘l tumanida fuqarolar ijtimoiy kartadan foydalanmoqda. Respublikaning qolgan barcha hududlarida ham shu yilning 1 iyulidan boshlab mazkur loyiha tatbiq qilinadi.
Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, «Ijtimoiy karta» mobil ilovasi, «Inson» ijtimoiy xizmat markazlari orqali topshirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, prezident qaroriga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida tajriba tariqasida 2024 yil 1 dekabrdan ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolar uchun ijtimoiy karta joriy etish belgilangan edi.
Mavzuga oid
08:27 / 22.05.2026
Bekobodda “bangixona” tashkil qilgan jinoyatchilar fosh etildi
08:26 / 16.05.2026
Toshkent viloyatida 5 kilodan ortiq “opiy” musodara qilindi
07:34 / 05.05.2026
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026