Sport | 21:06 / 20.02.2021
8878
1 daqiqa o‘qiladi
Oston O‘runov «Ufa»ga qaytdi
«Ufa» «Spartak» yarimhimoyachisi Oston O‘runovni sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha — 19 fevral kuni Moskva klubi 20 yoshli futbolchini RPL qaydnomasidan chiqarganini e'lon qildi. O‘zbekistonlik xavbek «qizil-oqlar» safida 9ta bahsda maydonga tushib, 1ta gol urgandi.
O‘runov uchun «Ufa» begona emas. U 2019/20 yilgi mavsumning ikkinchi qismini ushbu jamoada o‘tkazgan, so‘ng «Spartak»ga transfer qilingandi.