Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda firibgarlik qilib odamlarning pullarini o‘zlashtirgan MChJ rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toshkent shahrida joylashgan «BITSIMPLEX» mas'uliyati cheklangan jamiyatning Samarqand filiali xodimlari fuqarolarning pullariga foiz to‘lab, ko‘paytirib berishini aytib, ularning pullarini o‘zlashtirgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida joylashgan «BITSIMPLEX» MChJning Samarqand filiali xodimlari 2019 yil oktyabrdan 2020 yil sentyabrgacha, 1 yil mobaynida fuqarolarning pullarini ko‘paytirib berishlarini aytib, ularni ishontirib, MChJning ofisida odamlardan 500 dan 22 250 AQSh dollarigacha bo‘lgan pul mablag‘larini shartnoma tuzib, investitsiya tariqasida qabul qilgan.
So‘ng, 2020 yilning sentyabr oyigacha olgan pullaridan, odamlarga daromad tariqasida 2,5 foizdan 4 foizgacha pul mablag‘larini berib kelgan. Undan keyin olgan pullarini egalariga qaytarib bermasdan kelayotganligi aniqlangan.
Xabarda yozilishicha, aldanib qolgan fuqarolarning arizalariga asosan, Samarqand shahri IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan «BITSIMPLEX» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jabrlangan fuqarolarning jami soni va ularga yetkazilgan zararni qoplashga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:30 / 14.02.2026
Samarqandda bojxonachilar salkam 800 gramm opiy yashirilgan "jonli konteyner"larni to‘xtatib qolishdi
15:21 / 14.02.2026
“Pensiyangiz keyingi oydan oshiriladi” – bu yolg‘on!
23:14 / 13.02.2026
Treyding orzusi yoki kredit botqog‘i? Infotreyderlar qo‘yayotgan qopqonlar
20:33 / 12.02.2026