Filolog Ravşan Jomonov özbek-lotin alifbosidagi munozarali holatlarni şarhlaşda davom etadi. Navbatdagi videodarsda ayiriş (ъ) belgisining ahamiyati, vazifalari, şuningdek, u qatnaşgan sözlarning özbek-lotin alifbosida ifodalanişi haqida söz boradi.

Navbatdagi maşğulotimiz kirill yozuvidagi ayiriş (ъ) belgili sözlarning imlosi, özbek-lotin alifbosida ifodalanişi mavzusiga bağişlanadi. 

Ma’lumki, 1940-yildan boşlab joriy qilingan kirill alifbosida ayiriş belgisi bilan yoziladigan sözlar yuzaga keldi. Aslida rus tilida bölgan bu belgidan öz qonuniyatlari asosida foydalanib kelişgan. Bu belgiga rus tili orfografiyasida salmoqli vazifalarni bajariş yuklangan.

Xöş, özbek tilida bu holat qanday yuzaga keldi va uşbu belgi işlatiladigan böldi? Uşbu belgi özbek-kirill yozuvida ikkita vazifani bajarişga qaratilgan.

  • Аъло — a’lo, маъно — ma’no, даъват — da’vat

Uşbu sözlarda unli tovuşning çöziqroq talaffuz etilişini ta’minlaydi.

  • Санъат — san’at, журъат — jur’at, масъул — mas’ul

Yuqoridagi kabi sözlarda özidan oldingi tovuş keyingisidan ajratib talaffuz etilişini ta’minlaydi.

Yuqoridagi ikki örinda ayiriş belgisi özbek-lotin alifbosida tutuq belgisi bilan beriladi.

Ma’lumot örnida, yurtdoşlarimiz orasida масъул – mas’ul sözining ikki alifbodagi yozuvi borasida ham xatolar kuzatiladi. Ya’ni ayiriş yoki tutuq belgisini “s”dan oldin qöyişadi, bu xato.

Lekin ba’zi kişilarda bu ayiriş (ъ) va tutuq (’) belgisi özi ortiqça, u fonologik vazifa bajarmaydi, degan iddao bor. Bu fikrlarga şunday javob beriş mumkin: agar tutuq belgisi özbek tilida ma’no ajratiş xususiyatiga ega bölmaganda edi, öz-özidan alifbodan çiqib ketgan bölardi.

  • Таъна — тана; ta’na — tana
  • Суръат — сурат; sur’at — surat
  • Шеър — шер; şe’r — sher

Yuqoridagi kabi sözlardan körinadiki, ularning da’vosi örinsiz. Çunki uşbu sözlarning ma’nosi tamoman boşqa-boşqa.