- Nega köpçilik prezident oldida bloknotga yozib turadi?
- Davlat rahbarining oddiy odamlar va rahbarlar bilan sözlaşişida farq bormi?
- Şavkat Mirziyoyev kimlarni senlaydi?
Dastlab umumiy tuşunçalar haqida: davlat rahbarining tadbirlari va taşriflarini yoritib boriş uçun maxsus tekşiruvdan ötiladi – muxbirlar ham har bir tadbir oldidan qayta tekşiriladi. Bu xavfsizlikning tabiiy talabi.
Prezident taşrif buyuradigan joyga kamida ikki soat oldin boriladi, ayrim paytlar kutiş 4-5 soatga ham çözilişi mumkin. Bu ham tuşunarli, davlat rahbarining kun tartibi yöl-yölakay köp özgarişlarga uçraydi. Bir joyda köproq vaqt sarflanişi keyingi obektga ham tabiiyki ta'sir qiladi.
Lekin jarayonda iştirok barça kutişlarni oqlaydi, ya'ni juda qiziq böladi. Nega?
Davlat rahbari aholi bilan uçraşganda xotirjam tinglaydi, yumşoqlik bilan gaplaşadi, odamlarning könglini kötaradi, islohotlar haqida tuşuntiradi. Ammo mutasaddilar bilan yiğilişlarda, taqdimotlarda butunlay boşqaça muhit hukm suradi (afsuski, ularning köpçiligi boriça yoritilmaydi):
- Prezident oddiy tilda, jaydariçasiga gapiradi;
- Juda köpçilikka «sen» deya murojaat qiladi, bu mutasaddilar tomonidan töğri qabul qilinadi, muloqotda yaqinlik muhitini yaratadi;
- Mavzuga aloqador bölmagan har qanday gaplar darhol töxtatiladi;
- Prezident bir mavzu böyiça taqdimot ötkazilayotganda keskin töxtatib, boşqa bir masalani sörab qolişi mumkin va bu mutasaddilarni köpinça «terlatib» yuboradi;
- Har qanday loyiha taqdim qilinganda uçta savol berilişi odat tusiga kirgan: amalga oşirişing uçun nima kerak, bundan qanday natija kutiladi, qança iş örni yaratasan va eng muhimi xalqimiz bundan nima naf köradi?
Namanganda yangragan iqtiboslar:

«Mustaqilligimizga ham 30 yil böldi mana. Köp narsalarga keçikkanmiz. Lekin endi harakat qilmasak bölmaydi»;
Yoşlarga qarata: «Ahvollar qanday? Çindan yaxşimi yoki eskidan örganib qolingan har doimgi gapmi?» (kulgi kötarildi);













