Özgidrometga qaraşli Gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir körsatiş xizmati bölinmalari dölli jarayonlarning faollik nisbati yuqori hududlarda qişloq xöjaligi ekinlarini gidrometeorologik jarayonlarning salbiy oqibatlaridan muhofaza qilib kelmoqda.
Özgidromet xabariga köra, joriy yilda Namangan viloyatining Kosonsoy va Yangiqörğon tumanlarida 1, 11 va 12 may kunlari döl jarayonli bulutlarga ta’sir körsatiş işlari ötkazilib, jami 57 dona “Alazan-6” dölga qarşi mahsuloti qöllanilgan va döl jarayoni zaiflaştirilgan.
Qayd etilişiça, konvektiv bulutlarga ta’sir körsatiş işlari olib borilgandan söng ham, qisqa muddatli döl hodisalari kuzatilib turadi.
“Alazan-6” snaryadi haqida
Oçiq ma’lumotlarga köra, “Alazan” seriyasidagi dölga qarşi raketalar 1960-yillardan boşlab SSSRda qöllab kelingan; 6-versiyasi 2000 yilda işlab çiqilgan.
“Alazan-6” yerdagi maxsus qiya pusk qurilmasidan uçiriladi. 82,2 mm kalibrli snaryad belgilangan balandlikda (maksimal 9,3 km) portlaydi va içidagi reagent (kumuş yodidi) atmosferaga soçilib, döl jarayoni şakllanayotgan bulut metafizikasiga ta’sir qiladi. Raketa 0,9995 foiz ehtimol bilan havoda öz özini yöq qiladi.
Dölli bulutlarga qarşi otryad

Özgidrometning qayd etişiça, taşkilot huzuridagi Gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir körsatiş xizmati dölli jarayonlarning faollik nisbati yuqori deb belgilangan 4 ta hududda: Namangan, Samarqand, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida faoliyat yuritadi.
Iqlimşunos Erkin Abdulahatov bergan ma’lumotga köra, mazkur xizmat sanab ötilgan törtta viloyatdagi jami 700 gektar ekin maydonlariga döl yoğişi oldini oliş uçun taşkil etilgan bölib, uning tarkibida önlab MRL-5 meteorologik radiolokator tizimlari va yigirmaga yaqin otiş punktlari bor.
170 ga yaqin ştat birligiga ega mazkur xizmat yaqin-yaqingaça Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibida bölgan, hozir esa Gidrometeorologiya xizmati agentligi tarkibiga qaytarilgan.

Qisqa muddatli kuçli yoğingarçiliklar köpaymoqda
Özgidromet ta’rifiga köra, döl – bu odatda kuçli töp (konvektiv) bulutlarda hosil böladigan hamda muz donaçalari körinişida yerga tuşadigan atmosfera yoğinidir.
Sönggi yillarda kuzatilayotgan global iqlim özgarişi Özbekistonda ham bahorda qisqa muddatli kuçli yoğingarçilik (yomğir, jala, döl) holatlari köpayişiga olib kelmoqda. Yoğinlar miqdori kamaygani yöq, lekin ular qisqa vaqt içida juda köp miqdorda yoğib, sel va suv toşqinlarini keltirib çiqarmoqda.
Ötgan yillar tahlili şuni körsatadiki, bahor va yoz fasllarida dölli jarayonlarning faolligi (dölli jarayonlar va döl yaçeykalari hosil böliş kunlari) örtaça yillik körsatkiç böyiça özgaruvçan tendensiyaga ega. Jumladan, 2020 yilda – 33 kun, 2021 yilda – 34 kun, 2022 yilda – 29 kun, 2023 yilda – 24 kun, 2024 yilda – 40 kun va 2025 yilda – 13 kunni taşkil etgan.












