Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eldor Shomurodov Osiyoda hafta qahramoni bo‘lishga da'vogar
Osiyo futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti o‘tgan hafta yakunlariga ko‘ra, osiyolik futbolchilarning xorij chempionatlaridagi o‘yinlarini tahlil qilib, hafta qahramoni nomiga da'vogarlarni e'lon qildi.
O‘tgan haftada Yevropada o‘zini ko‘rsatgan futbolchilardan tashkil topgan nomzodlar qatoriga o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov ham kiritilgan. Hamyurtimiz «Jyenoa» - «Verona» (2:2) bahsida zaxiradan maydonga tushib, mezbonlarning dastlabki goliga mualliflik qilgandi.
Shomurodovdan tashqari yana osiyolik 9 nafar futbolchi hafta laureati bo‘lishga da'vogar sanaladi. Bular - «Portu» safida YeChL bahsida «Yuventus» darvozasiga gol urgan eronlik Mehdi Toremiy, APL doirasida «Chelsi» darvozasini ishg‘ol etgan «Sauthempton» hujumchisi yaponiyalik Takumi Minamino, Bolgariyaning «Lokomotiv» yarimhimoyachisi tojikistonlik Parvizjon Umarboyev, «Valensiya»ning koreyalik futbolchisi Li Kan In, «Ayntraxt» a'zosi yaponiyalik Daichi Kamada, Ukrainaning «Zarya» klubi a'zosi eronlik Shahob Zohidi, «Kortreyk» a'zosi avstraliyalik Trent Sainsberi, yaponiyalik Takumo Asano (Partizan) va iroqlik Jiloan Hamad («Goritsa»).
Quyidagi manzilga o‘tib, Eldor Shomurodovga ovoz berishingiz mumkin. Shomurodov 24 fevral holatiga ko‘ra, so‘rovnomada eronlik Mehdi Toremiydan keyingi 2-o‘rinda bormoqda. So‘rovnoma 28 fevralga qadar davom etadi.
Mavzuga oid
19:06 / 08.02.2026
Fayzullayevning assisti va Shomurodovning goli "Istanbul Boshoqshehir"ga g‘alaba keltirdi
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
18:25 / 30.01.2026
Shomurodov va Kapadze O‘FA tomonidan yilning eng yaxshilari qatoriga kiritildi
18:34 / 14.01.2026