Zamonaviy aviatsiya dvigatellarining kuraklari dunyodagi eng metin metallardan biri – titandan yasaladi. Keyinçalik yonilği bilan aralaşib, alanga hosil qiladigan havoni turbinaga maksimal samaradorlik bilan ötkazib bera olişi uçun kuraklar qiliç şaklida yasaladi. Titan kuraklarning ayrim turlari vazni ortib ketmasligi uçun içi böş yasaladi. Dvigatelning turi va samolyotning klassiga qarab har bir motorda havotöplagiç içida tovuş tezligidan tezroq aylanadigan 38tagaça kurak böladi.
Ayniqsa, parvoz davomida keng fyuzelajli laynerlarning yuqori texnologiyali dvigatellari parvoz vazni 250 tonnadan ziyodroq bölgan samolyotlarni havo kötara olişi uçun bor imkoni bilan işlaydi. Ötgan şanba parvozning aynan şu muhim asnosida ikki jiddiy hodisa röy berdi: biri Yevropada, boşqasi AQŞda. Falokatning video va fotolari ijtimoiy tarmoqlar orqali yaşin tezligida tarqalib ketdi.
Video: AQŞda parvozdagi Boeing 777 samolyoti dvigatelida yonğin çiqdi
Pratt & Whitney’ning dvigatellari
Boeing 747-400 yuk layneri Niderlandiyaning Maastrixt şahri uzra Nyu-York tomon uçib ötayotgandi. Parvoz payti 30 yillik havo kemasining çap dvigatelida portlaş sodir böldi. Turbinaning uçib ketgan kuraklari yerga tuşdi. Oqibatda keksa yoşli ayol va bir bola yengil jarohat olişgani ma'lum böldi.

Ularning omadi kelgan – Maastrixt çekkasidagi Meyersen şaharçasida turgan avtomobillar ustida tuşgan samolyot metall parçalari ulovlarni teşib ötgan. Ekipaj samolyot bortidagi favqulodda holatdan dispetçerni ogoh qilgan va kutiş zonasi tomon uçib, ortiqça yonilğini yoqib bölgaçgina bir soatça keyinroq qöşni Belgiyaning Lej aeroportiga muvaffaqiyatli qöngan. Niderlandiyaning aviafalokatlar bilan şuğullanuvçi kengaşi bölib ötgan hodisaning sabablari va aniq holatlarini örganmoqda.
Boeing 747-400’ga örnatilgan PW4056 tipidagi dvigatel aviadvigatelsozlik böyiça yetakçilardan biri bölgan AQŞning Pratt & Whitney kompaniyasi tomonidan 1980-yillarda işlab çiqilgan. PW4000 oilasi bazaviy aviadvigatellardan biri hisoblanadi: bugunga qadar bunday dvigatellardan 2500ta işlab çiqarilgan. Ular samolyotlarning turli modellari, masalan, Airbus A330 yoki Boeing 777, 767 va 747-400’ga örnatilgan,.













