Mamlakatda raqobat muhitini rivojlantiriş uçun prezidentning bir qator muhim farmon va qarorlari qabul qilindi. Jamoatçilikning katta qismi raqobat yöqligini hamda monopoliyani UzAuto Motors siymosida körişga örganib qolganiga qaramasdan, bu sohadagi boşqa, muhim muammolarga ham e'tibor qaratişni istardik.

Toşkent davlat yuridik universitetida «Raqobat huquqi» fanini örganib, öz bitiruv malakaviy işimda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining huquqni qöllaş amaliyoti bilan tanişar ekanman, ayrim davlat korxonalari va mansabdor şaxslar özlarining idoraviy, ehtimol, şaxsiy manfaatlari yoki ayrim tadbirkorlarning manfaatlari lobbisi yölida raqobatga qarşi qonunçilikka tamomila zid keluvçi hukumat qarorlari va prezident farmonlari loyihasini tayyorlaşayotganiga amin böldim. Ular tomonidan tayyorlanayotgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarda quyida sanab ötilgan maqsadlarni közlovçi bandlar ustalik bilan qöşib qöyilganiga guvoh böliş mumkin:

a) Monopol korxonalar tuziş;

b) xöjalik yurituvçi sub'yektlarni tender (tanlov) ötkazmasdan mustaqil tanlaş;

c) alohida xöjalik yurituvçi sub'yektlarga imtiyoz va yengilliklar taqdim etiş huquqini qölga kiritiş.

Ma'lumki, bozor iqtisodiyoti şaroitida davlat iqtisodiyotni tartibga soluvçi va islohotçi böladi. Lekin amaliyot şuni körsatmoqdaki, aynan davlat organlari tomonidan raqobat haqidagi qonunçilikning buzilişi köp uçramoqda.

Ma'lumot örnida: Özbekiston Respublikasi «Raqobat töğrisida»gi qonunining 12-moddasi, şuningdek, Özbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari töğrisida»gi qonuni davlat organlari tomonidan raqobatni çeklaş bilan boğliq qonunbuzarliklarni bartaraf etişga yönaltirilgan.

Keling, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining rasmiy saytida e'lon qilingan amaliyotdan misollarga töxtalamiz:

Monopol kompaniyalar tuziş

Ayni paytda Özbekistonda 224ta monopolist korxona (jumladan, tabiiy monopoliyalar) bor. Barçaga yaxşi ma'lumki, monopoliya — baland narxlarni hamda iste'molçilarda tanlov erkinligi yöqligini bildiradi. Binobarin, davlat siyosati yangisini yaratişga emas, monopolist korxonalarni qisqartirişga yönalgan bölişi lozim. Lekin hamma ham bunga rozi emas, şekilli. Quyida davlat organlari monopoliyalar yaratiş yölida taşabbus bilan çiqqan bir neça holatni körib çiqamiz:

1. Madaniyat, Moliya, Transport vazirliklari hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining özlari işlab çiqqan Hukumat qarori loyihasidagi Elektron çiptalar savdosi böyiça yagona portal (operator) — EÇSYaP yaratiş haqidagi taşabbusi. Ayni paytda mamlakatda transportga elektron çipta sotuvçi e-ticket.railway.uz, uzairways.online, avtoticket.uz, şuningdek, kino, teatr, konsertlar va sport tadbirlariga çipta sotuvçi iticket.uz va myticket.uz kabi xizmatlar işlab turibdi. Şak-şubha yöqki, yagona operatorning paydo bölişi sohada monopoliya örnatilişiga sabab böladi.

2. Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligining mamlakatdagi köp kvartirali turar joylarda eski liftlarni yangisiga almaştiriş uçun «Texnopark» MÇJni boş pudratçi deb tayinlaş, şuningdek, uşbu korxonaga lift uskunalari monitoringi va dispetçerlik xizmatlarini körsatiş huquqini taqdim etiş böyiça taşabbusi (Bu Vazirlar Mahkamasining «2021–2027 yillarda köp kvartirali uylarda lift qurilmalarini modernizatsiya qiliş va ta'mirlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori loyihasi). 

3. Qişloq xöjaligi vazirligi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida «Agroservis Operator» davlat unitar korxonasini tuzişni taklif etgan. Loyihada körsatilişiça, «Agroservis Operator» DUK boğdorçilik va uzumçilikni barqaror rivojlantirişga qaratilgan maqsadli loyihalarni amalga oşiriş bilan şuğullanar emiş.

4. Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi marrani katta olib, «Uzintertrade» AJ taşqi savdo kompaniyasi tuzilişini nazarda tutuvçi Özbekiston Respublikasi prezidentining farmoni loyihasini işlab çiqqan. Loyihaga köra, AJga monopol mahsulotlar eksporti bilan şuğullaniş, mahalliy tadbirkorlar va hunarmandlardan mahsulotlarni QQS tölovisiz, töliq eksportga yönaltiriş şarti bilan xarid qiliş, şuningdek, vositaçilik xizmatlari körsatiş va h.k.lar huquqi taqdim etiş nazarda tutilgan.

Tender (tanlov)ni aylanib ötiş

Tender — bu davlat xaridlari bozorida raqobatni ta'minlaşning asosiy usullaridan biri bölib, u buyurtmaçiga narx-sifat kesimida eng munosib yetkazib beruvçi (işlab çiqaruvçi)ni tanlaş huquqini beradi. «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonunga köra, xolislikni ta'minlaş va korrupsiyaga yöl qöymaslik maqsadida tovarlar, işlar, xizmatlarda davlat xaridini amalga oşiriş qoida tariqasida tortişuv prinsipi, ya'ni tanlovlar (tenderlar) asosida ötkazilişi lozim. Biroq ayrim davlat organlari «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonundagi umumiy qoidalarga istisnolardan asossiz foydalangan holda tanlov ötkazmasdan, xöjalik yurituvçi sub'yektlarni mustaqil tanlab olişni istaşadi. Misollar keltiramiz: 

1. Davlat soliq qömitasi «Asl belgisi» Milliy axborot tizimi (MAT) işlab çiqiş hamda texnik xizmat körsatiş uçun «CRPT TURON» MÇJ bilan töğridan töğri muzokaralar yöli orqali davlat-xususiy şeriklik şartnomasini tuzişni nazarda tutuvçi prezident qarori loyihasini işlab çiqqan… 

2. Geologiya va mineral resurslar davlat qömitasi özlari tomonidan işlab çiqilgan «Yer osti boyliklari töğrisida»gi qonun loyihasi yer osti boyliklari uçastkasidan foydalaniş huquqi uçun ruxsatnoma olişda manfaatdor şaxsning arizasiga asosan töğridan töğri muzokaralar natijasiga köra, ruxsatnoma beriş imkoniyati taqdim etişni nazarda tutadi... 

3. Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Surxondaryo daryosining özanini tozalaş işlarini tanlov ötkazmasdan, «SURXON TEKSTIL TOLA», «BOTIR ALI» va «ŞÖRÇI ŞAĞAL SAVDO» MÇJga taqdim etuvçi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi işlab çiqilgan.

4. «Özeltexsanoat» assotsiatsiyasi mamlakatga sifatsiz elektrotexnika mahsulotlari olib kirilişini bartaraf etiş maqsadida «Özeltexsanoat» bazasida yaratilayotgan markazni quriş va jihozlaşda assotsiatsiyaga tovarlar (işlar va xizmatlar)ni xarid qiliş usullarini mustaqil tanlaş huquqini beruvçi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini işlab çiqqan.

5.Tekstil sanoati assotsiatsiyasi özi tomonidan işlab çiqilgan Vazirlar Mahkamasining «Agrar sektorni qişloq xöjaligi texnikasi bilan davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş töğrisida»gi hukumat qarori loyihasida qişloq xöjaligi texnikasi va butlovçi qismlarni «Indorama Agro» va «Pahtakor Teh» MÇJ bilan tuziladigan töğridan töğri şartnomalar asosida olib kirişni nazarda tutgan.

Alohida xöjalik yurituvçi sub'yektlarga imtiyozlar va yengilliklar beriş

Davlatdan imtiyoz va yengilliklar oliş — unga egalik qiluvçi xöjalik yurituvçi sub'yektni bozordagi boşqa öyinçilarga nisbatan doim afzal raqobat holatiga keltirib qöyadi. Oqibatda soğlom raqobatga putur yetadi va sekin-asta bozorning monopollaşuvi röy beradi.

1. Soğliqni saqlaş vazirligi 29,48 gektar yerni AKFA xususiy universitetiga doimiy foydalaniş huquqi bilan ajratib beriş töğrisidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi taşabbusi bilan çiqqan.

2. «Özavtosanoat» AJ tomonidan işlab çiqilgan Özbekiston Respublikasi prezidenti qarori loyihasiga köra, Andijon viloyat hokimligi «Sanoat habi»da taşkil etilayotgan korxona balansiga 100 gektardan kam bölmagan yerni ajratib berişi, şuningdek, qişloq xöjaligi yuritiş bilan boğliq bölmagan suğoriladigan yerlardan foydalanişda tölanadigan kompensatsiyadan ozod qilişi kerak bölgan.

Yuqorida sanab ötilgan loyihalarning barçasiga Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi salbiy xulosa bergan va bu qömitaning saytida rasman e'lon qilingan holatlar. Fikrimça, amaliyotda bunday holatlar kam emas. Biroq, taassufki, Aksilmonopoliya qömitasining salbiy xulosalariga qaramasdan, bunday loyihalarning aksariyati qabul qilinmoqda. Bunday holatlarning oldini oliş uçun Aksilmonopoliya qömitasining xulosasi tavsiyaviy emas, majburiy xarakterga ega bölişi kerak, deb öylayman. Ya'ni MQKQning ijobiy xulosasisiz me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari qabul qilinmasligi kerak.

Şuningdek, amaliyotda suiiste'molçilikka yöl qöyilmasligi uçun «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonundagi istisnolar va böşliqlar ham qayta körib çiqilişi kerak.

Umid qilamizki, me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqişda barça davlat organlari jamiyat manfaatlaridan kelib çiqib harakat qiladi.

 Umid Ğafurov,
Toşkent davlat yuridik universitetining
«Xususiy huquq» fakulteti 4-bosqiç talabasi