Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning ikki shahridan Turkiyaga yangi muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi «Urganch-Istanbul-Urganch» hamda «Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona» yo‘nalishlarida yangi muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.
«Urganch-Istanbul-Urganch» yo‘nalishidagi parvozlar joriy yilning 28 martidan boshlab yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- Urganch-Istanbul uchish - 09:30, qo‘nish - 11:50
- Istanbul-Urganch uchish - 13:20, qo‘nish - 19:05.
Aviakompaniyaning «Farg‘ona-Istanbul-Farg‘ona» yo‘nalishidagi aviaparvozlar esa 3 apreldan quyidagi jadvalga muvofiq, haftada ikki marta – chorshanba va shanba kunlari yo‘lga qo‘yiladi:
- Farg‘ona-Istanbul uchish - 08:50, qo‘nish - 12:30
- Istanbul-Farg‘ona uchish - 14:00, qo‘nish - 20:50.
Aviachiptalarni kompaniya veb-saytida yoki Uzbekistan Airways Sales orqali sotib olish mumkin.
Bundan oldinroq mart oyidan O‘zbekiston va Hindiston muntazam aviaqatnovlarni tiklayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:47 / 21.08.2025
Uzbekistan Airways yo‘lovchilar shaxsiy ma’lumotlari tarqab ketgani haqidagi xabarni rad etdi
19:00 / 14.08.2025
Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!
11:22 / 01.08.2025
Uzbekistan Airways Toshkent–Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi
21:59 / 28.07.2025