Soliq bo‘yicha ekspert Nodirbek Xo‘jabekov «MFaktor» loyihasida bergan intervyusida «obnalchilar» mojarosi va ular bilan hamkorlik qilgan 10 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yektlari bo‘yniga tushayotgan 1 trillion so‘m QQS, Davlat soliq qo‘mitasining xatti-harakatlari va Soliq kodeksining muayyan moddasidagi kamchiliklar borasida fikr bildirdi.
Ekspertga ko‘ra, Soliq kodeksining 14-moddasida nazarda tutilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topishda mavhumliklar bor.
«Kodeksning 14-moddasi 3-xatboshida: «Qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimlar soliq solish maqsadida hisobga olinmaydi. Agar unday bitimlar boshqa muqobil bitimlarni soliqlarni hisoblash uchun haqiqiy bitimlarning iqtisodiy mazmun va jihatlari hisobga olinadi», deb yozib qo‘yilgan.
«Qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimlar»ni kim aniqlaydi? Asosiy masala mavhum: soliq xizmati organi nimalarga asosan bitimni qalbaki deb topadi? Bu ko‘rsatkichlar belgilanmagan.
Bundan tashqari, bitimning haqiqiy emasligini aniqlash vakolati kimga berilgan?
14-moddada «qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan bitimlar» faqat soliq solish maqsadida hisobga olinmasligi yozilgan. Bunda bitim butunlay bekor bo‘ladi deyilmayapti, faqat soliq solish maqsadida hisobga olinmaydi deyilmoqda. Taqqoslaydigan bo‘lsak, Fuqarolik kodeksining 113-moddasida: «Bitim ushbu kodeksda belgilab qo‘yilgan asoslarga ko‘ra, sud haqiqiy emas deb topganligi sababli (nizoli bitim) yoki bunday deb topilishidan qat'i nazar, haqiqiy emas deb hisoblanadi (o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmagan bitim)», deyilgan. Bu yerda sud tomonidan bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi, deb aniq yozilgan», – deydi Nodirbek Xo‘jayev.
Uning qayd etishicha, bitim haqiqiy emas deb topilsa, mazkur shartnoma bo‘yicha qilingan xatti-harakat ham noqonuniy bo‘ladi.
«Bundan tashqari, Fuqarolik kodeksining 114-moddasida: «















