O‘zbekiston | 08:00 / 02.03.2021
4673
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda iliq ob-havo saqlanib turadi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda iliq, yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi. 

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8 daraja iliqni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid