Jahon | 09:43 / 02.03.2021
4373
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada jangarilar BMT bazasiga o‘t qo‘ydi

Foto: AP

Nigeriyada 1 mart kuni IShID terrorchilik guruhiga aloqador jangarilar BMTning bazasiga hujum qilib, unga o‘t qo‘ydi.

Agence France-Presse (AFP) axborot agentligining xabar berishicha, jangarilar BMTning Dikva shahrida (Borno shtati) joylashgan bazasiga o‘t qo‘ygan. Bazada ishlovchi 25 kishi bunkerga yashirinishga muvaffaq bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, jangarilar bunkerni qamalga olib, unga kirishga urinmoqda.  

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hujum sobiq “Boko Harom”, hozirda “IShIDning G‘arbiy Afrika viloyati” nomi ostida harakatlanuvchi terrorchilik guruhi a'zolari tomonidan amalga oshirilgan. 

Voqeaning tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Jangarilar hujumini qaytarish uchun voqea joyiga 40 km uzoqlikda joylashgan Marte shahridan harbiylar yo‘l olgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid