Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholi bandligiga ko‘maklashish strategiyasi tasdiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2021–2030 yillarda aholi bandligiga ko‘maklashish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Bandlik siyosatini samarali boshqarishning ilg‘or mexanizm va instrumentlarini joriy etish, inson kapitalini jadal rivojlantirish, mehnat bozorida band aholi ulushini oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish qaror loyihasining asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda har yili 500-600 ming mehnatga layoqatli yoshdagi aholi mehnat bozoriga kirib kelmoqda, aholi tarkibidagi mehnatga layoqatli shaxslar ulushi esa 58,7 foizni tashkil qilib, mehnat bozorida mehnatga layoqatli yosh aholi guruhlari ulushining o‘sishi kuzatilmoqda.
2020 yil yanvar holatiga ko‘ra aholi 33,9 million kishini tashkil qildi. Prognozlarga ko‘ra, 2035 yilga kelib mamlakat aholisi soni 40 million kishidan ortishi kutilmoqda. Bu aholining ish bilan bandligi ko‘lamini yanada oshirish, ularni munosib ish joylari bilan ta'minlash hamda ishchi kuchining milliy va tashqi mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha o‘z vaqtida tezkor tadbirlar ko‘rishni talab qiladi.
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar quyidagicha:
- aholi bandligiga ko‘maklashuvchi dasturlar sifati va qamrovini faol tadbirlarni kengaytirish hisobiga oshirish;
- mehnat bozori talabiga muvofiq ishsizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlik asoslariga o‘qitishni rivojlantirish;
- mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan shaxslarni, ayniqsa ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta'minlashga ko‘maklashish;
- norasmiy mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni rag‘batlantirish maqsadida mehnat munosabatlarini tartibga solishni takomillashtirish;
- xavfsiz, uyushgan va qonuniy ichki va tashqi mehnat migratsiyasi tizimini rivojlantirish;
- profilaktika tadbirlari ko‘lamini kengaytirish va xalqaro standartlarni joriy etish orqali mehnatni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish.
Qaror loyihasini amalga oshirishdan kutilayotgan asosiy natijalari bandlik siyosatini amalga oshirish va samarali boshqarishning ilg‘or mexanizm va instrumentlarini joriy etish, mehnat bozorida band aholi ulushini oshirish, mehnat bozori dasturlari sifati va qamrovi ko‘lamini oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar hamda yoshlar bandligiga ko‘maklashish, ichki va tashqi mehnat migratsiya jarayonlarini tartibga solish, uzluksiz ta'lim olishni rag‘batlantirish orqali kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirish va munosib mehnat sharoitlarini shakllantirish hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:11 / 20.04.2026
O‘zbekiston aholi bandligi bo‘yicha 187 ta davlat orasida 114-o‘rinni egalladi
18:58 / 06.03.2026
Ayollar uyida tadbirkorlik qilishi uchun “Daromadli ayol” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
22:24 / 28.01.2026
Texnik xato Amazon kompaniyasining 16 ming kishini ishdan bo‘shatish rejasini oshkor qildi
18:21 / 23.01.2026