Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turk kompaniyasi rahbarini qariyb 400 ming dollarga chuv tushirgan o‘zbekistonliklarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Turkiyadan qishloq xo‘jaligi texnikalari va boshqa tovarlarni O‘zbekistonga yetkazib bergan turk kompaniyasiga shartnoma bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan 389 500 dollar go‘yoki pandemiya sababli uskunalar sotilmagani bahonasi bilan to‘lab berilmagan.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, bir guruh o‘zbekistonliklar Turkiyadagi logistika kompaniyasi rahbarining ishonchiga kirib, u bilan ushbu davlatdan qishloq xo‘jaligi texnikalari va boshqa tovarlarni O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzishadi.
2020 yilda uskunalarni yetkazib berish xizmati uchun to‘lovlarning bir qismi to‘lab beriladi. Biroq qolgan 389 500 dollar go‘yoki pandemiya sababli uskunalar sotilmagani bahonasi bilan to‘lanmaydi. Bu orqali xorijiy kompaniyaning manfaatlariga zarar yetkaziladi.
Turk kompaniyasi rahbarining arizasiga asosan, departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda mazkur holat yuzasidan Turkiya fuqarosini chuv tushirgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ayni paytda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq o‘zbekistonlik eksportchilar shveysariyalik importyorni chuv tushirishgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026