Jahon | 10:41 / 04.03.2021
2451
2 daqiqa o‘qiladi

Lufthansa rekord miqdorda zarar ko‘rganini e'lon qildi

Lufthansa rahbari Karsten Shpor 2021 yil ham ancha qiyin kechishini aytdi. Uning taxminicha, bu yil kompaniyaning tashuv hajmi 2019 yilgi ko‘rsatkichning 40-50 foizini tashkil etadi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Germaniyaning Lufthansa Group aviakonserni koronavirus pandemiyasi oqibatida 2020 yilda 6,7 mlrd yevro zarar ko‘rdi. Bu haqda kompaniya hisobotida aytilmoqda

Qayd etilishicha, 2019 yilda barcha soliqlar to‘langanidan so‘ng aviakonsernning daromadi 1,2 mlrd yevroni tashkil etgan. Ammo 2020 yilda koronavirus pandemiyasining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari natijasida 6,7 mlrd yevro zarar ko‘rgan.

 Lufthansa rahbari Karsten Shpor 2021 yil ham ancha qiyin kechishini aytdi. Uning taxminicha, bu yil kompaniyaning tashuv hajmi 2019 yilgi ko‘rsatkichning 40-50 foizini tashkil etadi. Avvalroq kompaniya bu ko‘rsatkichni 60 foizgacha yetkazishni rejalashtirgandi.

Shpor Lufthansa 2021 yilda kamroq zarar ko‘rishiga va davlat tomonidan ajratilgan 9 mlrd yevro miqdoridagi moliyaviy ko‘makni to‘lig‘icha ishlatishga to‘g‘ri kelmasligiga umid bildirdi.

Lufthansa 2020 yilda 20 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatgandi. Shuningdek, kompaniyaning 7,5 ming kishi ishlaydigan LSG bo‘linmasi sotib yuborilgan.

 

Mavzuga oid