Bloger postlaridan birida şahar hokimi qarori bilan ajratilgan katta yer maydoni bölib-bölib sotilgani haqida yozadi.

«Andijon şahar, «Safoiy» MFY hududidagi Aylanma halqa yöli böyida joylaşgan 2 327 kv.m. yer maydoni Andijon şahar hokimining 18.05.2020 yildagi 240-Q sonli qaroriga asosan fuqaro I.O.ga prezidentning 27.07.2018 yildagi «Yoşlar kelajagimiz Davlat dasturi töğrisida»gi PF-5466-sonli farmoniga asosan maişiy xizmat körsatiş va avtomobillarga texnik xizmat körsatiş binosi quriş uçun töğridan töğri ajratib berilgan.

 Keyinçalik mazkur yer maydonlari 500 kv. metrdan bölingan holda, Telegram ijtimoiy tarmoğida 15.000 AQŞ dollaridan sotilişi töğrisida e'lon qöyilgan.

Bu nağmalarning ortida kim turibdi?

 Butun mamlakatimizda yer ajratiş faqat auksion orqali belgilanganiga, mana, ikki yildan ortiq vaqt ötdi.

 Biroq, kelayotgan ma'lumotlarga köra, faqat Andijon şahrida yer ajratilişining noan'anaviy uslublari yaratilmoqda», deyiladi xabarda.

Bloger navbatdagi murojaatida yanada qiziqroq ma'lumotni e'lon qiladi.

 «Bu galgi murojaatimiz Andijon şahar Mustaqillik şohköçasida joylaşgan dökonlar majmuasi töğrisida.

Andijon şahar hokimi Bahromjon Haydarovning 2020 yil 24 fevral kungi №111-Q sonli qaroriga asosan, fuqaro Muhammadsodiq Umarovga Andijon şahar «Hunarmand» MFY Mustaqillik şohköçasi böyidan 780 kv.m. yer maydoni «Yoşlar kelajagimiz Davlat dasturi töğrisida»