Jamiyat | 15:08 / 05.03.2021
7244
4 daqiqa o‘qiladi

“Onajon, o‘lishni xohlamayman” – Gematologiya shifoxonasidagi bolalar nolasi

Bir farzandni ulg‘aytirish qanchalik mashaqqat. Lekin uning o‘ynab-kulib yurganini ko‘rish insonga cheksiz shukrona, ishtiyoq bag‘ishlaydi. Farzandning dardmandligi sabab keladigan azobni esa hech narsaga tenglab, o‘xshatib bo‘lmaydi. Oqqon – nomining o‘zi bilan qo‘rquvga soladigan kasallik. Bu onalarning har daqiqasi shu qo‘rquv ichida o‘tadi.

“Ham bolam, ham erim bemor. Bitta o‘zim amallayapman”

Otamurod 14 yoshga kirdi. Xastalik uni holdan toydirgan. Tezroq tuzalib maktabga borishni, tengdoshlari qatori yayrab yurishni chin dildan istaydi. “Bolamning ahvoli og‘irlashib ikki oy yurolmay qoldi. Turmush o‘rtog‘im shu yerga qatnay-qatnay kasalga chalinib operatsiyani boshdan o‘tkazdi. Hozir bitta o‘zim amallab turibman”, – deydi onasi Mastura Yo‘ldosheva.

 Otamurod Ergashevga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 1797 5388 onasi Mastura Yo‘ldosheva nomida

Sberbank: 5469 1600 1869 7388 qarindoshi Nazokat Norova nomida

Viza: 4187 8000 0022 7298 onasi Mastura Yo‘ldosheva nomida

Telefon: +998931402970 (onasi)

“Oqqonni eshitib, er-xotin shokka tushib qoldik”

Farg‘onalik Muhammadrizo oilada yolg‘iz farzand. Onasiga mashina olib berishni orzu qiladigan bolakayning umri oqqon sababli anchadan beri shifoxonalarda o‘tmoqda. Ota-onasi bundan nihoyatda tushkunlikka tushib qolishgan. Onasi Obidaxon opaning aytishicha, bir necha yil avval bir farzandidan ayrilgan. Endi o‘g‘lining betobligi ularni qo‘rqitmoqda. O‘z vaqtida davolanish kurslarini olishda moddiy yetishmovchilik sabab qiynalib qolishgan.

 Muhammadrizo Umaraliyevga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0424 6088 1401 otasi Haydarov Ummat nomida

Sberbank: 4187 8000 0064 8147 tanishi Ixtiyor Rahimov nomida

Xalq banki: 8600 0604 8662 0884 onasi Obidaxon Do‘stmatova nomida

Telefon: +998903708281 (onasi)

Odinaxonning tuzalishi uchun mablag‘ kerak bo‘lyapti

Odinaxonga bir yil avval oqqon tashxisi qo‘yilgan. “Qizimning oyoq-qo‘llari ishlamay qolgandi. Shishib ketib, gapirolmay qoldi. Qo‘limizdan kelgan barcha imkoniyatni ishga soldik, qarindoshlar yordam berishdi, qarz oldik. Har xil holatlarni ko‘rdik: og‘irlashib qolgan bolalar, o‘lim holatlarini ham. Juda qo‘rqdik. Xudoga shukur, shunchalik yaxshi bo‘ldi. Yanayam tuzalishi uchun mablag‘ kerak bo‘lyapti-da”, – deydi onasi Muazzamxon yig‘lab.

Odinaxon Sharipovaga oid ma'lumotlar:

Milliy bank: 8600 0204 7464 3744 otasi Rasuljon Sharipov nomida

Sberbank: 4216 7214 9616 5937 qarindoshi Farrux Yo‘ldoshev nomida

Humo: 9860 1201 6745 1703 onasi Muazzam Sharipova nomida

Telefon: +998941640091 (otasi)

 “Ayajon, o‘lishni xohlamayman, yashagim kelyapti...”

Farg‘onalik Gulrux opa ikki farzandni yolg‘iz katta qilyapti. Hozirda dardga chalingan qizi bilan yelkama-yelka azob tortmoqda: “Qizimdan ayrilib qolamanmi, deb o‘yladim. Yordam beradigan insonim yo‘q edi. Har safar kimyo terapiya muolajalari olganda og‘riqlardan qiynalib ketadi. “Ayajon, o‘lishni xohlamayman. Mening ham bu dunyoda yashagim keladi”, – deb yig‘laydi”. Ra'noxon bu kasallikni yengish uchun astoydil harakat qilyapti, faqat unga yaxshilarning ko‘magi zarur.

Ra'noxon Nazirovaga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0423 2187 1450 onasi Gulrux Axunjanova nomida

Sberbank: 4276 0300 1567 4332 qarindoshi Abdurashid Qodirov nomida

Viza: 4187 8000 0027 9521 onasi Gulrux Axunjanova nomida

Telefon: +998911234527 (onasi)

O‘zbek xalqi azaldan ehsonsevar xalq hisoblanadi. Qur'oni Karimda ehsonning fazilati haqida aytilar ekan, ehson qiluvchilarga yuksak savob-mukofotlar berilishi haqida ko‘p ta'kidlangan. Shunday yuksak mukofotlar egasi bo‘lish hammamizga nasib etsin!

Gulmira Toshniyozova tayyorladi,
tasvirchi Mirvohid Mirrahimov.

Mavzuga oid