Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmi 1,2 baravarga oshiriladi
“2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, farmon bilan belgilangan yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.
Maqsadli ko‘rsatkichlar, jumladan, quyidagilarni nazarda tutadi:
- nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shakllarida qo‘llab-quvvatlash hajmini 2021 yilda kamida 1,2 baravarga, 2025 yilda 1,8 baravarga oshirish;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlariga 2021 yilda 16 milliard so‘m, 2025 yilda 70 milliard so‘m mablag‘lar ajratish;
- mamlakatda e'lon qilinadigan yilga oid davlat dasturida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar sonini 2021 yilda 30taga, 2025 yilda – 50taga yetkazish;
- sodir qilinayotgan huquqbuzarliklarni nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan 2021 yilda 3,8 foizga, 2025 yilda 19,2 foizga kamaytirish;
- 2021 yilda 50ta, 2025 yilda 250ta nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlarini Davlat boshqaruvi akademiyasida qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
2021 yil 1 apreldan nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinadi. Indeksni ishlab chiqish va to‘liq amaliyotga joriy qilish adliya organlariga yuklatiladi.
Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarning Qonunchilik palatasi va uning qo‘mitalari (komissiyalar) majlislarida ishtirok etuvchi doimiy vakili instituti joriy etiladi.
Doimiy vakil fuqarolik jamiyati rivojiga hissa qo‘shgan, fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishda faollik ko‘rsatgan, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari orasidan Jamoatchilik palatasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Farmonga ko‘ra, 2021 yil 1 maydan “Shaffof xayriya” yagona interaktiv portali ishga tushiriladi.
Avvalroq, nodavlat notijorat tashkilotlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish muddati qisqartirilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025