Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiladi
Saudiyaning «Fruit Tree» kompaniyasi Farg‘onadagi shirkat bilan 500 ming dollarlik kelishuv tuzishi kutilyapti. Kelishuv doirasida O‘zbekistondan Arabistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda atlas va adras matolari eksport qilinishi mumkin.
O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov mazkur mamlakatning meva-sabzavotlar importiga ixtisoslashgan «Fruit Tree» kompaniyasi direktori Adham at-Turkistoniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Dunyo» agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda Saudiya Arabistoniga O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda o‘zbek milliy atlas va adras matolari eksportini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.

«Fruit Tree» kompaniyasi rahbari Farg‘ona viloyatidagi «Xayrotul Vodiy» shirkati bilan hamkorlikda qiymati 500 ming dollarga teng eksport shartnomasini imzolash istagini tasdiqladi. O‘z navbatida, kompaniya O‘zbekistonga xurmo eksportini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, ma'lum qilinishicha, kompaniya Saudiya Arabistonidagi eng yirik meva sharbatlari ishlab chiqaruvchi «Sharbatly fruit Co. Ltd» kompaniyasi uchun O‘zbekistondan mavsumiy ho‘l mevalar: qulupnay, shaftoli, anor, o‘rik, olxo‘ri, nok, olcha, behi va olma mevalarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
00:43 / 31.05.2026