22:59 / 07.03.2021
15894

AQShda qor odamni tutganlik uchun mukofot puli 2,1 million dollargacha oshirildi

AQShning Oklaxoma shtati ma'muriyati qor odamni tutganlik uchun mukofot pulini deyarli 80 karra oshirdi.

Foto: Depositphotos

Bungacha qor odam uchun va'da qilingan pul 25 ming dollarni tashkil qilayotgandi. Endi esa odamsimon mahluqni tutishga muvaffaq bo‘lganlarni 2,1 mln dollar mukofot puli kutmoqda.

Ikkinchi tomondan, ushbu qonun sayyohlarni shtatga jalb qilishga yo‘naltirilgan.

“Bu o‘lkamizdan bahramand bo‘lish va vaqtichog‘liq uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi”, deb aytgan AQSh kongressi vakillar palatasi a'zosi va ushbu qonun kiritilishi tashabbuschisi Jastin Xamfri.

Bundan tashqari, shtatda qor odamni tutish uchun ruxsatnoma joriy qilish ham rejalashtirilmoqda. Shuningdek, shtatda qor odam bilan bog‘liq reklama kampaniyasi yo‘lga qo‘yiladi.

2019 yil aprelda Hindiston armiyasining ekspeditsiya guruhi Himolay tog‘larida qor odam izlarini aniqlaganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, o‘shanda alpinistlar Makalu lageri yaqinida 81x38 sm o‘lchamga ega tovon izlarini aniqlashgan.

Biroq ushbu mahluqning mavjudligi aksariyat olimlar tomonidan rad etilib kelinadi.

Top