Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kattaqo‘rg‘ondagi restoranda yirik yong‘in sodir bo‘ldi
FVV qutqaruvchilari Samarqand viloyatidagi restoranlardan birida yuz bergan yong‘inni bartaraf etishdi.
7 mart kuni, taxminan soat 11:00larda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Omonboy» mahallasida joylashgan restoranda yong‘in sodir bo‘ldi.
FVV matbuot xizmati xabar berishicha, vazirlik viloyat boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida binoning taxminan 200 kv.m maydoni yong‘indan zararlangan.
«Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qisqa vaqt ichida to‘liq bartaraf etildi. Jabrlanganlar va qurbonlar yo‘q», deyiladi FVV matbuot xizmati xabarida.
- Avvalroq Toshkentdagi kafe yoqib yuborilishi oqibatida besh kishi - ikki nafar erkak, uch nafar ayol halok bo‘lgani, qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
13:40 / 09.01.2026