«Bu sengacha ham bo‘lgan, sendan keyin ham bo‘ladi, deydiganlar bor» – Akmal Burhonov korrupsion holatlarga munosabat haqida
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov vazirlik va tashkilotlarda agentlik faoliyatini xushlamayotganlar borligini, ko‘plab rahbarlar o‘zlari korrupsiya haqida ma'lumot berayotgani barobarida «bu ishga teginma» deydigan mansabdorlar ham uchrayotganini aytib o‘tdi.
«Davlat organlarida shu paytgacha o‘nlab inspeksiyalar tuzildi. Ularning asosiy vazifasi – korrupsiya holatlari bilan bog‘liq xatti-harakatlarning oldini olish. Ular birorta holatni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chiqarishmayapti.
Kimdir o‘ylashi mumkin, demak, korrupsiya yo‘q. Lekin murojaatlar orqali ichki ishlar va prokuratura organlari jinoiy ish qo‘zg‘ab, javobgarlikka tortishmoqda. Aslida bu narsani huquqni muhofaza qiluvchi organlar emas, inspeksiyalarning taqdimnomalari asosida amalga oshirish kerak. Ayrim vazirliklarda «byurokratiya oddiy holat, shunday bo‘lishi kerak» deydigan mansabdorlar ham bor.
Korrupsiyaga qarshi kurashish haqida gap ketganda «Bu sengacha ham bo‘lgan, sendan keyin ham bo‘ladi” deganlar bo‘lgan. Aslida buni agentlik emas, tizim aniqlab berishi kerak. Ko‘plab korrupsion holatlar borki, qonun bilan tartibga solinmagan. Hattoki «shu mumkin emas» degan narsaning o‘zi yo‘q. Shu bois ham menga bemalol «aralashma» deya olishadi», – deydi u «Amerika ovozi»ga bergan intervyusida.
Aksilkorrupsiya agentligi rahbarining ta'kidlashicha, tizimdagi korrupsiyani yo‘qotishdan manfaatdor bo‘lgan, buning uchun ilk kunlardanoq hamkorlikda ishlab kelayotgan rahbarlar ham bor. U Kadastr agentligi direktori, qishloq xo‘jaligi, xalq ta'limi vazirlarini misol qilib keltirgan.
«Agentlikda faoliyat boshlaganimda Kadastr agentligi rahbari o‘zi qo‘ng‘iroq qilib: «Bizda juda ko‘p korrupsion holatlar bor, men o‘zim ham bilaman, yordam beringlar», degandi. Yoki bo‘lmasa qishloq xo‘jaligi, xalq ta'limi vazirlari murojaat qilib: «Birga ishlaylik, biz ham kurasha olmayapmiz, chunki tizim katta» deb aytishgan. Bor bunday idoralar.
Davlat rahbari vazirlik va idoralarda korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimini joriy etish masalasini qo‘ydilar. Biz 26 ta vazirlik-idorada boshladik. Lekin ayrimlar buni xohlashmayapti. Faoliyatini yashirishga harakat qilishmoqda.
Aksar vazirlik va idoralarda [tizimdagi qorrupsiyaga qarshi kurashuvchi] o‘z inspeksiyalari bor. Unda o‘nlab odam ishlaydi. Lekin biror natija ko‘rsatmagan. Ular faqat korrupsion holatni keltirib chiqarib, uni yopti-yopti qilish bilan shug‘ullangan», deydi Akmal Burhonov.
Tavsiya etamiz
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
O‘zbekiston | 14:22 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
Bayroqdagi yangi yulduzlar: AQSh hududlarni qanday qo‘lga kiritgan?
Jahon | 18:08 / 15.01.2025
Qonuniy taksi bozori qariyb 6 trln so‘mgacha o‘sdi
Iqtisodiyot | 09:47 / 15.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistondan qo‘shni davlatlarga yangi avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilmoqda
O‘zbekiston | 12:20
-
2024 yilda xorijdan 483 nafar o‘zbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi - Migratsiya agentligi
O‘zbekiston | 12:14
-
Rossiyaning Kriviy Rigga zarbasi: to‘rt kishi halok bo‘ldi, yetti kishi yaralandi
Jahon | 12:03
-
“Ish joyini tark etish holati ko‘p” – Janubiy Koreya o‘zbekistonlik migrantlarni kam qabul qilayotganiga izoh berildi
O‘zbekiston | 11:44
Mavzuga oid
10:01 / 17.01.2025
Toshkent shahrida hokim yordamchisi 30 ming dollar bilan ushlandi
17:21 / 15.01.2025
Qozog‘istonda korrupsioner amaldorlarning oshkora ro‘yxati tuziladi
14:18 / 15.01.2025
Mansab vakolatini suiiste’mol qilib sudlangan Andijon tumani sobiq hokimi viloyat kasaba uyushmalari kengashiga rais bo‘ldi
08:20 / 14.01.2025