Soğliqni saqlaş vaziri Eldor Odilov tibbiyot sohasi xodimlari va aholiga yöllagan murojaatida korrupsiya mamlakat taraqqiyotiga jiddiy tahdid ekanini qayd etib, mazkur illatga qarşi qat’iy kuraşiş sohadagi eng muhim vazifalardan biri bölib qolişini bildirdi.

Vazirning ta’kidlaşiça, prezidentning 2026 yil 5 maydagi farmoni asosida vazirlik tizimi qayta taşkil etilmoqda. Markaziy apparat zamonaviy yondaşuvga ega malakali kadrlar bilan töldirilmoqda, korrupsiyaga qarşi kuraşiş va komplayens masalalari böyiça vazir örinbosari lavozimi joriy etilgan hamda içki nazorat tizimi kengaytirilgan.

Ma’lum qilinişiça, 2026 yilning dastlabki beş oyida vazirlik tizimidagi taşkilotlarda masofaviyaudit.uz axborot tizimi orqali 979 ta holatda jami 514,9 milliard sömlik moliyaviy xato va kamçiliklar erta aniqlanib, bartaraf etilgan.

Şuningdek, tuğuruq muassasalarida homiladorlar va ularning yaqinlaridan noqonuniy pul talab qilinişiga çek qöyiş maqsadida «Sirli mijoz» tadbirlari yölga qöyilgani qayd etildi.

Vazirning bildirişiça, 2026 yil 1 iyuldan boşlab «Raqamli komplayens» axborot dasturiy kompleksi sinov rejimida işga tuşiriladi. Korrupsiyaga qarşi içki nazorat faoliyati esa E-Komplaens elektron moduli orqali töliq raqamlaştiriladi. Şuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş orqali korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlaş va ularning oldini oliş rejalaştirilgan.

Eldor Odilov fuqarolarni soğliqni saqlaş tizimidagi korrupsiyaviy holatlar, manfaatlar töqnaşuvi, byurokratik tösiqlar yoki noqonuniy tölovlar haqida vazirlikning 1203 qisqa raqamli işonç telefoni yoki [email protected] elektron poçtasi orqali xabar berişga çaqirdi.

Uning ta’kidlaşiça, har bir murojaat tezkor tartibda körib çiqiladi, murojaatçilarning şaxsi va taqdim etilgan ma’lumotlarning maxfiyligi töliq kafolatlanadi.