O‘zbekiston | 07:55 / 09.03.2021
3312
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun iliq ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun kunduz kuni respublikada iliq ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 19-21 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 9-14 daraja iliqni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid