Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi bozor va savdo komplekslarida undiriladigan yangi yig‘im miqdorlari tasdiqlandi
Toshkent shahar hokimi tomonidan «Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma'muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.
Norma’ning yozishicha, «Mahalliy davlat hokimiyati organlari to‘g‘risida»gi qonun 25-moddasi va «Munitsipal aktivlar boshqarmasi markazi» DUK murojaatiga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:
- bozorlar va savdo komplekslari ma'muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar miqdori;
- Sergeli avtomobil bozori, «O‘rikzor» savdo kompleksi ma'muriyati tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati va ijara to‘lovi miqdori;
- bozorlar va savdo markazlari ma'muriyatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati va inventar ijarasi uchun to‘lov miqdori;
- bozorlar va savdo markazlari balansidagi binolar va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi miqdori;
- bozorlar va savdo komplekslari hududida jamoat obektlariga xizmat ko‘rsatish va ularni qo‘riqlash bo‘yicha majburiy xizmatlar uchun undiriladigan to‘lov miqdori.
Hujjat qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 19.02.2021 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
22:21 / 06.07.2026
“E-bozor” yagona raqamli bozor platformasi joriy etiladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026