Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Angela Merkel bilan onlayn-uchrashuv o‘tkazadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkel 12 mart kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadilar.
Ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishlari ko‘zda tutilgan.
Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, konstruktiv siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikka doir qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida e'tibor qaratiladi.
Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti 2019 yil yanvarida rasmiy tashrif bilan Germaniyada bo‘lgan, o‘sha yilning may oyida esa Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer javob tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgandi.
«Germaniya O‘zbekistonning muhim iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik sheriklaridan biridir.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra o‘zaro tovar ayirboshlash 829 million dollarni tashkil etgan, mamlakatimizda Germaniyaning 700 million dollardan ziyod investitsiyalari o‘zlashtirilgan. O‘zbekistonda 200 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025