O‘zbekiston | 11:16 / 11.03.2021
2067
1 daqiqa o‘qiladi

Elektron hukumat loyihalarini amalga oshirishda Buyuk Britaniya tajribasidan foydalaniladi

O‘zbekiston Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi va Buyuk Britaniya davlat raqamli xizmatlari o‘rtasida raqamli hukumat sohasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Foto: Shutterstock

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati ma'lum qilishicha, tomonlar mamlakat raqamli taraqqiyot poydevorlarini mustahkamlash, uning raqamli salohiyatini rivojlantirish, foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan elektron xizmatlar joriy etish, barqaror va moslashuvchan davlat xizmatlari yaratish masalalariga e'tibor qaratadi.

Memorandum doirasida britaniyaliklar keng foydalaniladigan, oddiy, qulay, sifatli raqamli davlat xizmatlarini tatbiq etish hamda raqamli ko‘nikma va imkoniyatlarni rivojlantirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Ma'lumot uchun, Davlat raqamli xizmatlari (GDS – Government Digital Services) 2011 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Buyuk Britaniya vazirlar kengashi ijroiya apparati tarkibida davlat xizmatlarini raqamli transformatsiyalash bilan shug‘ullanadi. Birlashgan millatlar tashkiloti 2020 yilda e'lon qilgan elektron hukumatlar reytingida Buyuk Britaniya jahonda 7-o‘rinni egallagan.

Mavzuga oid