Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada maktab avtobusining jarlikka qulashi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi
10 mart kechki payt Indoneziyaning G‘arbiy Yava provinsiyasida maktab avtobusining jarlikka qulashi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi. Yana o‘nlab odamlar jarohat olgan.
Jakarta Globe nashri ma'lumotlariga ko‘ra, avtobus o‘quvchilar va ularning ota-onalarini hamda o‘qituvchilarni olib ketayotgan bo‘lgan. Ular ziyoratdan qaytayotgan bo‘lishgan.
Haydovchi boshqaruvni eplay olmaganidan keyin avtobus jarlikka qulagan.
Avtobusda hammasi bo‘lib 62 kishi bo‘lgan. Politsiyada ma'lum qilinishicha, qutqaruvchilar avtobus ichidan 30dan ko‘proq kishini chiqarib olishgan, biroq ularning barchasi jarohat olgan.
Mavzuga oid
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026