Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaga boruvchi mehnat migrantlari Toshkentdan patent olishi haqidagi mish-mishlar rad etildi
Toshkentda Moskva ko‘p tarmoqli migratsiya markazining vakolatxonasi ochilishi rejalashtirilgan. Vakolatxonada mehnat migrantlariga patent olish uchun hujjatlarni to‘plab berish va yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
Joriy yilning 16–18 mart kunlari Toshkentga Moskvadan delegatsiya kelishi rejalashtirilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov ma'lum qildi.
«Toshkentda Moskva ko‘p tarmoqli migratsiya markazining vakolatxonasi ochilishi rejalashtirilyapti. Bu yerda Rossiyaga ketadigan mehnat migrantlariga patent olishda kerak bo‘ladigan hujjatlarni to‘plashda amaliy yordam ko‘rsatiladi. Toshkentda patent berish rejalashtirilmagan. Patent olish uchun avvalo Rossiyaga borib ro‘yxatdan o‘tish kerak, busiz iloji yo‘q», – deya Ortiqxo‘ja Norovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan ko‘zlangan maqsad migrantlarning ishsiz o‘tirishi yoki patent chiqqunicha, noqonuniy ishlab turish jarayonida qo‘lga tushishi, jarima va deportatsiya qilinishi kabi ko‘ngilsizliklarning oldini olish hisoblanadi.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov har bir ish beruvchining arizasi asosida yangi mehnat muhojirlarini qaytarish yoki taklif qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilishini aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
18:53 / 28.06.2026
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
09:57 / 02.04.2026
Ayrim o‘zbekistonliklar Vladivostok aeroporti orqali Rossiyaga kiritilmadi
08:52 / 02.04.2026