Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil yakuniga qadar 9 million ayol chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
Bugun, 12 mart kuni Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Majlisni olib borayotgan parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva mamlakatda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jumladan, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha boshlangan ishlar yanada aniq va jadal tus olganini ta'kidladi.
– Xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning izchil mexanizmlari joriy qilindi, – dedi Senat raisi T.Norboyeva. – Xususan, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Senat raisi boshchiligida Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Mazkur Kengash xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq kompleks masalalarni hal etishga mas'ul bo‘ladi. Ayollar bandligini ta'minlash, jumladan, joriy yilda 70 mingga yaqin xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Qolaversa, ayollarimizning salomatligini saqlash bo‘yicha dolzarb vazifalar qo‘yildi. Yil yakuniga qadar 9 million ayol chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, yolg‘iz ayollar ham alohida e'tiborda bo‘ladi. Ularning bolalarini bog‘chaga qabul qilish va to‘lovlarini qoplash borasida ham yengilliklar bo‘ladi.
Ayni paytda ehtiyojmand ayollar uy olishi uchun boshlang‘ich badal pulini to‘lab berish tizimi mavjud. Endilikda bu borada qo‘shimcha choralar ko‘riladi. Har bir hududga 10 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratish orqali uy-joyga muhtoj ayollar uy bilan ta'minlanadi, deyiladi Senat axborot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026