O‘zbekiston | 13:44 / 13.03.2021
9690
2 daqiqa o‘qiladi

Advokat ekanini aytib, 5 ming dollar olgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2021 yilning 14 yanvar kuni 37 yoshli Sanjar O. Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha 32 yoshli Xushvaqt D.ga o‘zini himoyachi deb tanishtirgan.

IIV huzuridagi Tergov departament xabariga ko‘ra, Sanjar O. Xushvaqt D.ga tergov davrida huquqlarini himoya qilib, aybsiz olib chiqib ketishga va'da berib, Sirdaryo viloyati Guliston shahri “Taraqqiyot” mahallasi hududida joylashgan avtovokzalda jami 5 000 AQSh dollari pul mablag‘larini qo‘lga kiritib, bergan va'dasini bajarmagan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Sanjar O.ning advokatlik litsenziyasi yo‘qligi, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud protsessi jarayoni bo‘layotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sanjar O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) tegishli qism va bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

“Hurmatli fuqarolar, mulkingiz va pullaringizni notanish hamda sizga halol inson sifatida tanish bo‘lmagan insonlarga o‘z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarning to‘riga tushmaslik o‘z qo‘lingizda”, deyiladi ma'lumotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid