Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 davlatlari Xitoyni Honkongdagi o‘zgacha fikrlovchilarga bosim o‘tkazishni bas qilishga chaqirdi
“Katta yettilik”ning Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Honkongdagi Xitoy tomonidan ishlab chiqilgan saylov tizimini tanqid qildi. Bu chora siyosiy plyuralizmga bosim qilishga sabab bo‘ladi, deya hisoblamoqda ular.

“Katta yettilik” davlatlari Honkongdagi saylov tizimidan xavotirda. Bu haqda G7 davlatlarining Germaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 12 mart, juma kuni e'lon qilingan qo‘shma bayonotida aytilgan.
Erklärung der #G7 zur Änderung des Wahlrechs in #Hongkong 👉https://t.co/5KWfjImgrt pic.twitter.com/2pLSop7KKT
— Auswärtiges Amt (@AuswaertigesAmt) March 12, 2021
“Turli nuqtayi nazarlarning to‘qnashuvi, ularni o‘ldirish emas – bu Honkongdagi barqarorlik va farovonlikni ta'minlashning to‘g‘ri yo‘lidir”, deb ta'kidlanadi murojaatda. Vazirlar, shuningdek, Xitoy hukumatini xalqaro majburiyatlarga binoan ish tutish va Honkong asosiy qonunida yozilgan huquq va erkinliklarni hurmat qilishga chaqirdi.
Xitoy Honkong ustidan nazoratni kuchaytirmoqda
11 martda Butunxitoy xalqlar vakillari majlisida Honkongdagi saylov tizimi o‘zgartirilishi ma'qullandi. Qonunlar paketi ushbu hudud faqat vatanparvarlar tomonidan boshqarilishi mumkinligini nazarda tutadi. Shunday qilib, Xitoy hukumati Honkongning rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni nazorat qilishi mumkin va kadrlar masalasida veto kiritish huquqiga ega bo‘ldi.
Honkongda 2019 yildan beri rasmiy Pekinning avtonomiyaga bo‘lgan ta'siri kuchayishi va fuqarolik huquqlarini chegaralashga bo‘lgan urinishiga qarshi ommaviy noroziliklar o‘tkazib kelmoqda. Bu namoyishlar ko‘p holatlarda ko‘chalardagi tartibsizliklarga sabab bo‘lib, politsiya bilan to‘qnashuvlar yuz beryapti.
Xitoy 1997 yilda Honkong (Syangan) ma'muriy hududi suverenitetini qo‘lga kiritgan. Ungacha bu hudud Buyuk Britaniya boshqaruvi ostida bo‘lgan. Xitoy-Britaniya qo‘shma deklaratsiyasi va Honkong asosiy qonuniga muvofiq, 2047 yilga qadar bu hududga matbuot erkinligi, to‘planish va fikrini bayon qilish kabi katta va maxsus huquqlar kafolati berilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

10:19 / 12.07.2025
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi

21:44 / 11.07.2025
Xitoyda robot it 100 metr masofani 13 soniyada yugurib o‘tdi

20:34 / 11.07.2025
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi

14:24 / 11.07.2025