O‘zbekiston | 09:12 / 15.03.2021
2859
1 daqiqa o‘qiladi

O‘qishga keladigan chet elliklardan viza uchun undiriladigan yig‘im miqdori 30 foizga kamaytiriladi

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik yig‘imlari tarifiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Farmon loyihasi prezidentning 2021 yil 21-22 yanvar kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi davomida va xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari bo‘yicha 4-sonli bayoni 99-bandiga muvofiq ishlab chiqilgan.

Farmon loyihasida O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalariga xorijiy mamlakatlardan o‘qishga keladigan chet el fuqarolaridan bir yillik ko‘p martalik viza uchun undiriladigan konsullik yig‘imi miqdorini 30 foizga kamaytirish nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda konsullik yig‘imlari tarifi prezidentning 2013 yil 24 dekabrdagi PQ-2095-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan.

Xorijiy davlatlarda ko‘p martalik bir yillik kirish vizasini rasmiylashtirish uchun quyidagi konsullik yig‘imlari belgilangan:

Ta'kidlanishicha, mazkur farmon loyihasining qabul qilinishi O‘zbekistonda joylashgan oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olish uchun kelish istagida bo‘lgan chet el fuqarolari oqimi oshishiga ko‘maklashadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid