Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angrendagi maktabda yuz bergan o‘zaro janjal oqibatida 11-sinf o‘quvchisi og‘ir jarohat oldi
2021 yilning 9 mart kuni soat 11:00larda 10-sinf o‘quvchisi, 16 yoshli Akmal N. Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan maktab hududida 11-sinf o‘quvchisi, 17 yoshli Oybek A. bilan janjallashib, kim zo‘rligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Akmal N. Oybek A.ning jag‘ qismiga mushti bilan urgani oqibatida u yerga yiqilib, bosh miya yopiq sinishi, ensa suyak sinishi kabi jarohatlar olgan.
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan Akmal N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, bu turdagi jinoyatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
Mavzuga oid
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
18:58 / 13.03.2026
Angrenda 14 yoshli qizni zo‘rlagan 4 kishi ozodlikdan mahrum qilindi
10:10 / 28.02.2026
“Hovlimizda doim bahor” – angrenlik qulupnaychi
13:44 / 26.02.2026