09:00 / 16.03.2021
10186
Reklama

Birgina chegirma bilan cheklanilmaydi – Golden House'da Navro‘z shukuhi!

Bundan taxminan uch yarim ming yil ilgari Sharqda Navro‘z bayram sifatida an'anaviy tarzda nishonlana boshlangan va aynan ana shu vaqtdan boshlab, mazkur ayyom tabiat uyg‘onishi bilan birgalikda ezgulik, mehr-shafqat va mo‘l-ko‘lchilik tantanasi timsoliga aylangandir.

Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda Navro‘z davlat ahamiyatiga molik xalqimizning sevimli va milliy bayramlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, xuddi o‘sha ming yillar ilgari bo‘lgani kabi, hali-hanuz ham bir-biridan betakror milliy urf-odat, an'ana va marosimlarga boydir. Bahorning kun va tun tenglashgan ushbu ajoyib kunida kishilar yil davomida yig‘ilib qolgan barcha gina-kuduratlarni unutgan holda bir-birlarini afv etib, yaqinlariga mehr ulashadilar, bayram kunida keksalar va yoshi ulug‘lar ahvolidan xabar olib, sovg‘alar ulashadilar.

Golden House tomonidan ham Navro‘z ayyomi munosabati bilan bir qator turar joy majmualaridagi bo‘lajak ko‘chmas mulk egalari uchun ko‘plab foydali taklif va sovg‘alar tayyorlandi. Fursatni boy bermagan holda kompaniyaning savdo ofislariga murojaat qiling, xarid uchun hujjatlarni rasmiylashtiring va ajoyib sovg‘alarni qo‘lga kiritish barobarida yangi xonadonda hayotingizni butunlay yangi sahifadan boshlang!

E'tirof etish joizki, Golden House uzoq vaqtdan buyon marketing kampaniyalari doirasida yetarli darajada saxovatpeshaligi, ko‘plab reklama aksiyalari va sovg‘alar tashkil etishi bilan mashhurdir. Bunda, albatta, developer har bir potensial xaridorga alohida yondashgan holda ular mamnun bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga harakat qiladi. Shuningdek, kompaniya vakillari ularning har tomonlama qulay va yuqori sifatli uy-joy xarid qilishlariga yordam ko‘rsatishdan mamnun bo‘ladi.

Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, birlamchi ko‘chmas mulk narxi ko‘p hollarda ikkilamchi uy-joy narxidan unchalik ko‘p farq qilmaydi. Bular – qurilish inshootlarining “yoshi”/kommunikatsiya aloqalari/jihozlanishidan tortib, developerdan xaridorga moliyaviy dasturlar bo‘yicha bildirilgan manfaatli takliflar va “xaridingiz uchun tashakkur” degan e'tirof, eng asosiysi esa – mualliflik dizayniga ega ajoyib oshxona garniturini hisobga olmaganda albatta.

Joriy yilda Golden House Navro‘z bayramiga sovg‘alar ko‘lamini birmuncha kengaytirgan holda xaridorlarga taqdim etadi va aynan ayyom arafasida ushbu  chegirmalar, sovg‘alar va aksiya takliflaridan unumli foydalangan kishilargina pul mablag‘larini sezilarli tejashga erishishlari e'tirof etilmoqda!

Shunday qilib, Sagʻbon va Assalom Sohil turar joy majmualarining har bir yangi xonadon sohiblariga ham zamonaviy oshxona garnituri sovg‘a sifatida taqdim etiladi! Mazkur to‘plam maxsus osma javon, elektr pechkasi va yuvish joyi (rakovina) bilan jihozlangan. Endilikda xonadon sohiblari oshxonasini jihozlash kabi tashvishlardan xoli bo‘ladilar, shunchaki xonadonga kiradilar va barchasi allaqachon hozir ekanligidan mamnun bo‘ladilar! Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, Assalom'ning bir qator loyihalari ham erkin narxlari va muddatli kechiktirib to‘lash mumkin bo‘lgan manfaatli shartlari bilan ajralib turadi.

Bundan tashqari, Golden House bahoriy ayyomlar munosabati bilan Greenwich, Parisien va Infinity turar joy majmualari uchun ham bayram sovg‘alarini hozirladi! Developer tez to‘g‘ri qaror qabul qiluvchi saxiy va mard xaridorlarga o‘zgacha yondasha olishi bilan ham alohida ajralib turadi. Ya'ni bunda qisqa fursatda tez qaror qabul qilinib, tanlangan turar joy majmuasi va xonadondan kelib chiqqan holda belgilangan chegirmalar alohida hisoblanadi. Golden House'dan innovatsion Infinity rezidensiyasidan xonadon xarid qilgan xaridorlarga esa yutuqli o‘yinlarda ishtirok etishlari uchun hali ham vaqt borligini eslatib o‘tish joizdir.

E'tibor bering, Infinity rezidensiyasida aprel oyidan narxlar oshadi. Bunga qurilishning keyingi bosqichlarga o‘tishi sabab bo‘lmoqda. Ammo sizda shu oyda apartamentlarni eski narxlarda xarid qilish imkoniyati bor. Buni qo‘ldan boy bermang!

Demak, fursatni boy bermang va shoshiling! Axir bilib bo‘ladimi, Golden House marketologlari yana qachon bunday aksiyani o‘tkazishadi?

Shunisi quvonarliki, developer maxsus shartlar va aksiyalardan tashqari har bir xaridorga ko‘plab yoqimli sovg‘alarga boy bo‘lgan “sodiqlik dasturi” ko‘rinishidagi ajoyib tuhfani ham taqdim etadi. Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, ushbu dastur sizning yangi xonadoningizda qulaylik va shinamlik muhitini yaratish bo‘yicha noyob qo‘llanma bo‘lish bilan birga poytaxtning yetakchi restoranlari va do‘konlariga olib boruvchi foydali chegirma kartalari ham hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, mazkur sovg‘alar Golden House doimiy mijozlarining kelgusida yangi, yoqimli bonuslarni kafolatlovchi nufuzi hamdir.

Navro‘z aksiyasi doirasida o‘tkazilayotgan chegirma dasturlari va muddatli to‘lov shartlari borasida batafsil ma'lumotlar kompaniya savdo ofislarida sizga taqdim etiladi! Shunday ekan, keling, o‘zingizni qiziqtirgan ma'lumotlar bilan tanishing, shartnoma imzolang va albatta bayram sovg‘alarini qo‘lga kiriting!

Yaqinlashib kelayotgan ayyom muborak!

Qo‘ng‘iroq qiling va chegirmani qo‘lga kiriting!

Markaziy savdo ofisi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Geolokatsiya

Britaniya kvartali Greenwich: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangizamon va Sayxun ko‘chalari kesishmasi.

Geolokatsiya

Veb-sayt: gh.uz

Call-markaz: +99878-150-11-11

Facebook: fb.com/goldenhouseuz

Instagram: @goldenhouseuz

Telegram: t.me/goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top