Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi 21ta shtat neft quvuri qurilishi to‘xtatilishi sababli Bayden ma'muriyatini sudga berdi
Bosh prokurorlarning so‘zlariga ko‘ra, neft quvuri qurilishining to‘xtatilishi oqibatida 12 mingga yaqin kishi ishsiz, ko‘plab shtatlar esa daromadsiz qolishi mumkin.
Foto: time.com
AQShdagi 21ta shtatning bosh prokurorlari Jo Bayden ma'muriyatiga nisbatan da'vo arizasi bilan sudga murojaat qildi. Shtatlar hukumatlari AQSh va Kanada chegarasidagi Keystone XL neft quvuri qurilishi taqiqlanishi bekor qilinishiga erishmoqchi.
Bayden prezident lavozimini egallaganidan keyin Kanadaning Alberta provinsiyasidan AQShning Meksika ko‘rfazidagi neftni qayta ishlash zavodlariga tortiladigan quvur qurilishini taqiqlovchi farmonni imzolagandi.
"Baydenda AQSh kongressi belgilagan energetika siyosatini o‘zgartirish uchun bir tomonlama vakolatlar yo‘q", - deyiladi da'vo arizasida.
Ularning qo‘shimcha qilishicha, neft quvuri qurilishining to‘xtatilishi oqibatida 12 mingga yaqin kishi ishsiz, ko‘plab shtatlar esa daromadsiz qolishi mumkin.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ham Baydenning qaroridan afsusdaligini bildirgan.
Uzunligi 1,9 ming kilometrni tashkil etuvchi Keystone XL neft quvuri qurilishi 2020 yilda boshlangandi. Qiymati sakkiz milliard dollarga teng loyiha Donald Tramp tomonidan ma'qullangan. Quvur orqali Kanadadan Texas va Luizianadagi neftni qayta ishlash korxonalariga kuniga 800 ming barreldan ortiq neft yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.
Jo Bayden iqlimga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli neft quvuri qurilishini to‘xtatgan.
Mavzuga oid
21:58 / 20.02.2026
AQSh Eron qirg‘oqlari yaqinida yirik harbiy guruhni to‘pladi
20:38 / 20.02.2026
AQSh Oliy sudi Tramp tomonidan kiritilgan import bojlarini bekor qildi
18:37 / 20.02.2026
Tramp Mudofaa vazirligiga NUJ haqidagi hujjatlarni oshkor qilishni buyurdi
15:15 / 20.02.2026