Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoyma bozorda 35 dollarga sotib olingan qadimiy piyola 721 ming dollarga sotildi
AQShning Konnektikut shtatidagi yoyma bozorda 35 dollarga sotib olingan, XV asrga mansub qadimiy Xitoy piyolasi Sotheby's auksionida 721,8 ming dollarga sotildi.
Bu summa auksion uy kutganidan ham yuqoriroq bo‘lgan. Sotheby's piyola narxini 300-500 ming dollarga baholagan. Piyolani sotgan va uni xarid qilgan kishilar ismlari oshkor qilinmagan.
Ko‘k-oq naqshinkor piyola Min sulolasining Yunle imperatori davrida yaratilgan. U qanday qilib yoyma bozorga tushib qolgani jumboq bo‘lib qolmoqda.
Ta'kidlanishicha, dunyoda shunga o‘xshash piyolalardan bor-yo‘g‘i 6ta saqlanib qolgan. Ulardan ba'zilari Taybeydagi imperator saroyi muzeyida, Londondagi Britaniya muzeyi hamda Viktoriya va Albert muzeyida saqlanadi.
Mavzuga oid
20:45 / 16.04.2026
To‘rt oy oldin sotilgan Qurilish vazirligi binosi yana qayta auksionga qo‘yildi
15:42 / 05.02.2026
Yer auksioni bo‘yicha qalbaki hujjat tayyorlagan shaxs ushlandi
14:27 / 23.12.2025
«Samarador» MChJ Transport vazirligi binosini sotib oldi
07:58 / 18.12.2025