AQSh elchisi Turkiya S-400 tizimlaridan voz kechishi shartligini aytdi
Devid Satterfildning so‘zlariga ko‘ra, bu "uning shaxsiy qarashi emas, balki Amerika qonunchiligiga mos keladigan talabdir".
Turkiya Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlaridan voz kechishi Qo‘shma Shtatlar bilan bu mavzudagi kelishmovchiliklarni hal qilishning yagona yo‘li hisoblanadi. Bu haqda AQShning Turkiyadagi elchisi Devid Satterfild aytdi.
"Turkiya S-400dan voz kechishi shart. Bu biz AQSh kongressida himoya qiladigan yagona qaror", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Bir Gun nashri.
Satterfildning so‘zlariga ko‘ra, bu "uning shaxsiy qarashi emas, balki Amerika qonunchiligiga mos keladigan talabdir".
Mart boshlarida Turkiya mudofaa sanoati boshqarmasi boshlig‘i Ismoil Demir Anqara Rossiyadan S-400 tizimining ikkinchi polkini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.
Rossiya va Turkiya 2017 yilda Anqaraga S-400 tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgandi. Turkiyaning Rossiya zenit-raketa tizimlarini sotib olishi AQSh va alyansning keskin noroziliklariga sabab bo‘ldi. Vashington Anqarani beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqarish dasturidan chiqarib tashladi.
Mavzuga oid
17:58 / 11.09.2024
AQSh tarixidagi eng yirik terakt - 11 sentabr voqealarini aks ettirgan suratlar
17:20 / 11.09.2024
Rekord uchun harakat qilmagan Bayden – AQShning eng yosh va eng keksa prezidentlari kimlar bo‘lgan?
22:29 / 10.09.2024
AQShda chordoqdan topilgan portret 1,4 mln dollarga sotildi
21:32 / 10.09.2024