Jahon | 16:58 / 19.03.2021
6366
2 daqiqa o‘qiladi

Toliblar vakili agar AQSh o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketmaydigan bo‘lsa, Dohadagi kelishuv bekor bo‘lishini aytdi

Pentagon Afg‘onistondan qo‘shinlarning olib chiqib ketilishini xavfli deb hisoblamoqda.

Foto: AP Photo / Rahmat Gul

Agar Vashington Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketmaydigan bo‘lsa, AQSh va "Tolibon" o‘rtasidagi kelishuv bekor bo‘ladi. Bu haqda "Tolibon" harakatining Qatardagi ofisi vakili  Muhammad Naim Vardak ma'lum qildi.

 "Biz Dohadagi kelishuv amalga oshishini talab qilamiz. Agar u amalga oshmasa, yana ma'lum muammolarga duch kelamiz, bu Dohadagi kelishuv bekor bo‘lishiga olib keladi", - dedi u.

2020 yil 29 fevralda prezident Donald Tramp boshchiligidagi avvalgi AQSh hukumati va "Tolibon" harakati Dohada tinchlik kelishuvi imzolagandi. Kelishuvga ko‘ra, AQSh, uning ittifoqchilari va koalitsiya 14 oy ichida Afg‘onistondan barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketish majburiyatini olgandi. Toliblar esa o‘z navbatida Afg‘oniston hududidan AQSh va uning ittifoqchilari xavfsizligiga tahdid soladigan harakatlar uchun foydalanmaslikka kafolat bergandi.

Ammo Pentagon Afg‘onistondan qo‘shinlarning olib chiqib ketilishini xavfli deb hisoblamoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid