Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Olimpiadaning xorijiy muxlislarsiz o‘tkazilishi oqibatida 1,37 milliard dollar yo‘qotadi
Yaponiya pandemiya sababli Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini xorijiy muxlislarsiz o‘tkazish qarori sababli 150 mlrd iyen (1,37 mlrd dollar) yo‘qotadi. Bu haqda Nomura tadqiqot instituti iqtisodchilariga tayanib NHK telekanali xabar berdi.
Iqtisodchilar bunda pandemiya boshlangungacha Yaponiya ichki bozori va xorijiy sayyohlar tomonidan bo‘lgan iste'mol darajasining tahliliga asoslangan.
Ta'kidlanishicha, Olimpiadaning xorijiy muxlislarsiz o‘tkazilishidan mehmonxona va restoran biznesi eng ko‘p jabr ko‘radi.
Agar Olimpiada tashkilotchilari musobaqalar vaqtida sport obektlarida yaponiyalik muxlislar sonini ham cheklashga qaror qilsa, qo‘shimcha iqtisodiy zarar vujudga kelishi mumkin.
Hozirda Olimpiadaning bir yilga qoldirilishi va koronavirusga qarshi choralarga qo‘shimcha mablag‘lar sarflangani sababli O‘yinlar budjeti oshib ketib, 1,64 trln iyengacha (15,9 mlrd dollar) yetgan.
20 mart kuni Tokio Olimpiadasi tashkiliy qo‘mitasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi bilan birga Olimpiadaga xorijiy muxlislarni qo‘ymaslikka qaror qildi.
Olimpiadani 2021 yilning 23 iyulidan 8 avgustigacha o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026