Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda sport musobaqasi vaqtida 1,5 ming odam bo‘lgan tribuna qulab tushdi
Foto: skrinshot
Hindistonning Suryapet shahrida mamlakatda ommalashgan Kabaddi sport turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida milliy chempionat o‘tayotgan obektdagi tribunalardan biri qulab tushdi. Voqea oqibatida 100ga yaqin kishi jabrlangan.
Politsiyada ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar haqida xabar olinmagan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, tribunada belgilangandan ancha ko‘proq odam - 1,5 ming kishi bo‘lgan. Barcha jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Ta'kidlanishicha, sport tadbiri 25 martgacha davom etadi. U uchun yog‘och va boshqa materiallardan uchta tribuna qurilgan bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, voqeaga tribuna konstruksiyasining mo‘rtligi sabab bo‘lgan. Biroq voqeaning aniq sababi tergov yakunlangandan keyin ma'lum qilinadi.
Mavzuga oid
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026
Ishchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
18:32 / 07.04.2026