20:55 / 23.03.2021
3481

Xitoy vaksinalari bilan emlanganlar soni 100 milliondan oshdi

Xitoy farmatsevtik kompaniyalari dunyoda 100 mlndan ko‘proq odamni koronavirusga qarshi vaksina bilan ta'minladi. Xitoyda ayni vaqtda virusga qarshi bir, ikki va uch bosqichda emlashga mo‘ljallangan 5ta vaksina ishlab chiqilgan.

Foto: AP

“Xitoy va xorijda 100 mlndan ko‘proq odam Xitoy vaksinalari bilan emlandi. Shu bilan bir vaqtda vaksinalar ishlab chiqarilishi ko‘lami oshmoqda”, deb aytilgan Xitoy davlat kengashi xabarida. Ta'kidlanishicha, Xitoy vaksinalari amalda o‘z xavfsizligi va samaradorligini isbotlagan. 

Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Pekin o‘z vaksinalarini 69ta rivojlanayotgan davlatga bepul yetkazayotganini, 43ta davlatga uni sotayotganini ma'lum qilgan. JSST Xitoyning Sinovac va Sinopharm farmatsevtik kompaniyalaridan vaksinalar haqida olingan ma'lumotlarni tekshirmoqda va ularning Xitoydagi korxonalarida inspeksiyalar o‘tkazmoqda.

Top