Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangihayot tumanida “Kunlik ishchilar markazi” ish boshladi
Toshkent shahri Yangihayot tumani Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida “Kunlik ishchilar markazi” o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda tuman matbuot xizmati xabar berdi.
Ishsiz fuqarolar uchun kunlik va doimiy ish topish uchun ko‘mak beruvchi ushbu markaz zamonaviy talablarning barchasiga javob beradi. Xususan markazda ro‘yxatga olish xonasi, 150 o‘rinli dam olish xonasi, shuningdek, 32 o‘rinli oshxona, 16 o‘rinli shaxmat-shashka o‘yinlari, kitob va gazeta-jurnal mutolaa qilish uchun xonalar ajratilgan.
Qayd etilishicha, ishchilardan ushbu markazdan foydalanishlari uchun hech qanday mablag‘ talab etilmaydi.
Shuningdek, fuqarolar shu yerning o‘zida vaqtinchalik ish qurollarini ham shartnoma asosida ijaraga olishlari mumkin.



Mavzuga oid
14:13 / 16.04.2026
Yangihayotdagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni hojatxonaga qamagani aytilmoqda
08:31 / 15.01.2026
Toshkentda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga oid holatlar aniqlandi
10:00 / 18.10.2025
Toshkentda talaba qarovsiz qolgan yosh bolani qutqarib qoldi
07:53 / 29.09.2025