Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Uçtepa tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda şubha ostiga olingan fuqaro M.A. közdan keçirilganda, 4 000 dona kuçli ta’sir qiluvçi vosita borligi aniqlanib, mazkur mahsulotlar aşyoviy dalil sifatida olingan.
Şuningdek, Departamentning Yangihayot tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan fuqaro M.A. tarkibida kuçli ta’sir qiluvçi moddalari mavjud bölgan 11 dona “Tropikamid” va “Pregabalin” nomli dori vositalarini fuqaro M.I.ga 2 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











