O‘zbekiston | 12:18 / 24.03.2021
2756
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston, Afg‘oniston va AQSh yetakchi tadbirkor ayollarining uch tomonlama biznes-forumi yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Dunyo

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya va AQSh Kongressining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi («Ayollar bo‘yicha kokus») a'zolari o‘rtasida onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad AQSh vakillarini O‘zbekistonda gender tenglikni ta'minlash, ayollarning jamoat va davlat hayotidagi rolini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilish, shuningdek,  ikki mamlakat qonun chiqaruvchilarining gender masalalari bo‘yicha o‘zaro aloqalarini yanada rivojlantirishni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Suhbat davomida kongressmenlar, shuningdek, Amerikaning «Ayollarning rivojlanishi va farovonligi uchun global tashabbus» (W-GDP) dasturi homiyligida O‘zbekiston, Afg‘oniston va AQSh yetakchi tadbirkor ayollarining uch tomonlama biznes-forumini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgani to‘g‘risida ma'lumot berildi. Bu ayollarning ishbilarmonlik faolligini oshirishga va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.

AQSh xotin-qizlar vakolatlarini yanada kengaytirish, shu jumladan, respublika parlamentidagi faoliyatiga yordam berishga tayyorligi ma'lum qilindi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid