Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya dasturiy ta'minoti o‘rnatilmagan gadjetlarni sotganlik uchun jarima solinishi ko‘zda tutilgan qonunni imzoladi
Smartfonlar, kompyuter va Smart-televizorlarga Rossiyada ishlab chiqilgan dasturiy ta'minotni majburiy tarzda o‘rnatish to‘g‘risidagi qonun 2019 yil oxirida qabul qilingandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda ishlab chiqilgan dasturiy ta'minot o‘rnatilmagan gadjetlarni sotganlik uchun jarima solinishi ko‘zda tutilgan qonunni imzoladi. Mazkur hujjat 16 mart kuni Davlat dumasi tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilingandi.
Unga ko‘ra, qonunni buzgan mansabdor shaxslarga 30 ming rubldan 50 ming rublgacha (393 dollardan 655 dollargacha), kompaniyalarga 50 ming rubldan 200 ming rublgacha (655 dollardan 2621 dollargacha) jarima solinadi.
Qonun 1 iyuldan kuchga kiradi. Qurilmalar va dasturiy ta'minot ro‘yxati hukumat tomonidan belgilanadi.
Smartfonlar, kompyuter va Smart-televizorlarga Rossiyada ishlab chiqilgan dasturiy ta'minotni majburiy tarzda o‘rnatish to‘g‘risidagi qonun 2019 yil oxirida qabul qilingandi. U 2020 yil iyuldan kuchga kirishi lozim edi, ammo bu muddat 2021 yil 1 aprelga ko‘chirilgandi.
Qonunda ko‘rsatilishicha, dasturiy ta'minot nafaqat Rossiyada, balki YeOIIning boshqa a'zolari – Belarus, Qozog‘iston, Armaniston yoki Qirg‘izistonda ishlab chiqilgan bo‘lishi ham mumkin.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45 / 24.06.2026
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026